Şavkat Mirziyoyev Şaxmat böyiça Özbekiston terma jamoasi aʼzolariga tabrik yölladi
Şavkat Mirziyoyev Şaxmat böyiça Özbekiston terma jamoasi aʼzolariga tabrik yölladi.
Qadrli öğil-qizlarim!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Dunyo şaxmat osmonida yorqin yulduz bölib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon şaxmat olimpiadasida erişgan tarixiy ğalabangiz bilan çin qalbimdan tabriklayman.
Ikki karra olimpiada çempioni degan yuksak şarafli unvon, buyuk zafar barçamizga, köpmillatli xalqimizga muborak bölsin!
Sizlar – Yangi Özbekiston qahramonlari, jahon şaxmat olamida yangi tarix yaratgan oltin avlodsiz. Butun xalqimiz sizlar bilan çeksiz faxrlanadi, ğururlanadi.
Nodirbek Abdusattorov barça öyinlar davomida mağlubiyat nima ekanini bilmasdan, çinakam jamoa lideri ekanini isbotlab, birinçi taxtada oltin medal sohibiga aylandi.
Nodirbek Yoqubboyev esa Turkiya, Hindiston, Xitoy va AQŞ vakillariga qarşi murosasiz bahslarda çinakam iroda va matonat körsatib, jamoamiz uçun hal qiluvçi ğalabalarni taʼminlaganini alohida taʼkidlab aytmoqçiman. Ayniqsa, Yoqubboyevning hindistonlik Nihal Saringa qarşi bellaşuvi haqiqiy dramatik jang böldi. Yangi Özbekiston vakilining eng qiyin vaziyatda nihoyatda topqirlik bilan qöllagan taktik yurişlarini körib, dunyo şaxmat muxlislari hayratdan qotib qoldi.
Yana bir mard öğlonimiz, Javohir Sindorov çempionlarga xos öyin körsatib, umumiy ğalabaga katta hissa qöşdi.
Bunday yirik xalqaro musobaqada birinçi marta iştirok etgan Muhiddin Madaminov öğlimizning kuçli raqiblariga kutilmagan zarbalar bergani va birorta ham mağlubiyatga uçramagani yuksak bahoga munosibdir.
Şamsiddin Vohidov Hindiston, Turkiya va Vengriya vakillariga qarşi murosasiz öyinlarda özini yöqotmasdan, muhim oçkolarni olişga erişgani ham muxlislar xotirasida saqlanib qoladi.
Musobaqalarda ikkinçi tarkib bilan iştirok etgan jamoamiz qayd etgan natija ham bizni quvontiradi. Jahongir Vohidov öğlim kuçli iroda körsatib, uşbu jamoamizni sovrinli örinlar sari boşladi. Ispaniya, Angliya va Niderlandiya kabi davlatlar vakillari ustidan qozonilgan işonçli ğalabalar unutilmas tarixga aylandi.
Ayollar jamoamiz ham keskin kuraşlarda haqiqiy matonat namunasini körsatdi. Ular AQŞ jamoasi bilan tengma-teng bahs olib borganlari, 11 ta turda 7 ta yutuqqa erişib, ön uçinçi örinni qölga kiritgani ham muhim natijadir.
Samarqand olimpiadasida paraşaxmatçilarimiz ham ulkan jasorat körsatib, bunday öyinlar tarixida birinçi marta bronza medalini qölga kiritişdi. Selbi qizim şaxsiy hisobda kumuş, Abdulaziz öğlim bronza medaliga sazovor bölgani, Ahadxon öğlim umuman mağlub bölmagani meni juda xursand qildi.
Özbekiston şaxmat federatsiyasi FIDE tomonidan 2026-yilda “Eng yaxşi federatsiya” nominatsiyasida ğolib deb topilgani, tajribali murabbiy, grossmeyster Rustam Qosimjonov FIDEning faxriy vitse-prezidenti, Hulkar Tohirjonova FIDEning Markaziy Osiyo davlatlari böyiça mintaqaviy prezidenti etib saylanganini Özbekistonning şaxmat mamlakati sifatida obrö-eʼtibori oşib borayotganining yana bir dalili sifatida qabul qilamiz.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bizga mana şunday buyuk şukuh, uluğ zafarlarni taqdim etgan şaxmatçi farzandlarimiz doimo soğ-omon bölsin!
Sizlarga hamişa porloq ğalabalar yor bölsin, aziz bolalarim!
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
👉 @xushnudbek 👈
- 5 Telegram Stars

