Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Abituriyentlarning öqişga kirişga oid savollariga javoblar

Matn28-avgust, 2022, 17:311 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Berilayotgan ayrim savollarga javoblar:
#abituriyent

❓Maktabning 9 yoki 10-sinfini yoxud litseyning 1-kursini tugatib, abituriyent sifatida testga kirib, yetarli ball töplagan öquvçilar talaba böla oladimi?
✅ JAVOB:
yöq, böla olmaydi. Çunki unda örta maʼlumotni tugatgani haqida şahodatnoma (diplom) yöq.

***

❓Öqişga kiriş uçun yetarli ball töplagan abituriyentlar özining joyidan voz keçib, öqişga kira olmagan boşqa abituriyentga joyini sotsa böladimi?
✅ JAVOB: Yöq, bunaqa imkoniyat mavjud emas. Heç kim birovning örnida öqiy olmaydi.

***

❓Agar abituriyent öqişga kirib, turli sabablarga köra öqimasdan taşlab ketsa, unda öqişga kira olmagan pastdagi abituriyent uning örniga kötariladimi?
✅ JAVOB:
yöq, öqişni taşlab ketganlar örni oçiq qoladi, pastdagilar uning örniga kötarilmaydi.

❓Agar tölovini amalga oşirsa, pulga ball sotib olsa böladimi?
✅JAVOB: bunaqa amaliyot mavjud emas va ilgari ham bölmagan. Ilohim, kelgusida ham bölmasin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Ijtimoiy adolat buzilgani haqida ikki oğiz

    0 koʻrish2 daqiqa

  2. Xotin-qizlarning 4% lik tavsiyanomasi hisoblanmadimi?

    0 koʻrish2 daqiqa

Yana oʻqing