Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Abituriyentlarning maktabdagi oxirgi 6 yillik baholarini test baliga qöşiş ortga surilişi kutilmoqda

Video21-iyun, 2023, 11:494 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz2023-yildan bitiruvçilarning şahodatnomadagi örtaça bahosi test balliga qöşiladi. Muallif uşbu tartibdagi adolatsizlik va muammolarni tanqid qildi.

Abituriyentlarning maktabdagi oxirgi 6 yillik baholarini test baliga qöşiş ortga surilişi kutilmoqda
#abituriyent

Bu haqda bugun bölib ötgan matbuot anjumanida masʼullar maʼlum qilişgan.

Jumladan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boşliği Abduvali Xoliqovning taʼkidlaşiça, bugungi kunda faqat joriy yilgi bitiruvçilarning 6 yillik maktab baholari elektron bazada mavjud, ammo ança yil avval, masalan, 15 yil oldin bitirgan abituriyent uçun bunday maʼlumot mavjud emas. Şu sababli kimgadir ball qöşiladi, kimgadir yöq. Bu esa öz navbatida adolatsizlikni keltirib çiqaradi.

Şunga köra, hozirda uşbu tartibni qayta körib çiqiş masalasi muhokama qilinmoqda va katta ehtimol bilan bu keyinroqqa qoldiriladi.

Avvalroq bu haqida munosabatimni yozgandim va agar uşbu tartib joriy yildan amalga kiritilsa, sönggi yillardagi taʼlimga oid eng katta xato qaror bölişini aytgandim. Xayriyatki, taʼlimga masʼullar ham şunday fikrda ekan, sal köngil xotirjam böldi.

Qiziq, agar bu tartibga hamma qarşi bölsa, unda Vazirlar Mahkamasiga kim kiritgan? Qarorni kim yozgan, kim tahlil qilgan, bu tartib töğriligiga kim işontirgan? Yoki har doimgidek, qarorni qabul qilguvçilar boşqa-yu, uni endi qanaqa ijro qilamiz, deb boşini qaşib ötirganlar boşqami? Xullas, qiziq vaziyat.

Mayli, asosiysi nima bölsa ham, joriy yilda bu adolatsizlikka haqiqatdan yöl qöyilmasa böldi. Muhimi şu.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek