Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Abituriyentlarning deyarli yarmi 56,7 ball ham töplay olmagan

Foto16-avgust, 2023, 20:532 daqiqa0 koʻrish

Abituriyentlarning deyarli yarmi 56,7 ball ham töplay olmagan🤦‍♂️
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytidagi oçiq maʼlumotlarga köra, joriy yilda 888 ming 472 nafar abituriyent testga kirgan.

439 ming 337 nafar (49,4%) abituriyent ötiş balining eng quyi çegarasi bölgan 56,7 balni ham töplay olmagan. Demak, ular mandat çiqmasidan avval kuraşdan çiqdi. Çunki 56,7 balldan kam töplaganlar kvotada joy bölsa ham öqişga kira olmaydi.

56,7 dan köp ball töplagan abituriyentlar soni 449 ming nafarni (50,6%) taşkil qiladi.

Ötgan yilgi holat bilan soliştirganda ahvolimiz biroz yaxşilangan. Ötgan yili 51,2% foiz, aniqroği 550 ming abituriyent 56,7 ball ham töplay olmagandi, joriy yilda bu körsatkiç 49,4% ga tuşdi.

2023-yilda eng yomon körsatkiç, Sirdaro viloyatida (54,9%), nisbatan yaxşiroq natija esa xuddi ötgan yildagidek Toşkent şahrida (40,8%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).

8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan köproği 56,7 balldan past ball olgan. Ötgan yili 9 ta hudud edi, joriy yil Namangan viloyati natijani yaxşilab, 50% likdan pastga tuşgan.

🟢 Ötgan yilga qaraganda natijasini eng köp yaxşilagan 5 ta hudud:

⬆️ Toşkent şahri — 4,4%
⬆️ Buxoro — 4,4%
⬆️ Toşkent viloyati — 3,5%
⬆️ Namangan — 3,3%
⬆️ Farğona — 2,4%

🔴 Sirdaryo va Andijon viloyatida esa natija ötgan yilgiga qaraganda yomonlaşgan.

***

56,7 ball — bu töplaş mumkin bölgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent heç bölmasa 30% bilimga ega bölsa, uşbu körsatkiçni töplay oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak töğri bölar balki.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek