Öyin qilib öqişga topşiriş haqida
Öyin qilib öqişga topşiriş haqida
#abituriyent
184,8 ball töplagan abituriyent birinçi yönaliş sifatida Agrar universitetning Meva-sabzavotçilik va uzumçilik yönalişini tanlagani muhokamalarga sabab bölmoqda. Yaʼni şunday baland ball oladigan abituriyent tibbiyot yönalişini birinçi sifatida tanlasa ham bölardiku, degan maʼnoda.
Aytişlariça, uşbu abituriyent aslida tibbiyot oliygohlaridan birida 3-bosqiç talabasi ekan. Öqişga esa şunçaki öz bilimini sinaş uçun topşirgan, ammo öqiş niyati yöq.
Ha, qoyil qoliş kerak, rostdan bilimli ekan. Deyarli maksimal ball olibdi. Barakalla.
Ammo mazkur talaba yigit bu işi orqali qaysidir haqiqiy abituriyentni davlat byudjeti joyidan quruq qoldirdi. Yaʼni amaldagi qonunçilik böyiça öqişga kirgan, lekin turli sabablarga köra, öqişni xohlamasdan, rad qilgan abituriyentlarning joyi kuyadi. Örniga boşqa abituriyent kötarilmaydi. Masalan, hozirgi holatda Meva-sabzavotçilik va uzumçilik yönalişiga 50 ta grant ajratilgan bölsa, endi amalda 49 kişi grantga kiradi.
Mandat çiqqanda kontraktda birinçi örinda turgan abituriyent aslida grantga kirgan bölardi, agar mana şu bilimli talaba öyin qilib öqişga topşirmaganda.
Şaxsan özim amaldagi talabalarni yana abituriyent sifatida öqişga topşirişlarini çeklaşga doim qarşi bölganman. Bu huquq sifatida qolişi kerak. Lekin bu huquqni maynavozçilik uçun işlatiş notöğri. Kimdir şunçaki bilimni sinaş uçun öqişga topşirsa, unda testga kirib, savollar bilan tanişib, oxirida belgilamay çiqişi kerak.
Umid qilamizki, keyingi yilda avval test topşirib, keyin yönaliş tanlaş tizimiga ötilganda, mana şunaqa böşab qoladigan örinlarga ham aqlli yeçim topiladi. Öquv yili hali boşlanmasidan böşagan örinlar uçun pastdagilar kötarilişi kerak. Yöqsa bu adolatsizlik böladi.
👉 @xushnudbek 👈



