Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

345 ming abituriyent 56,7 ball ham töplay olmagan Bu jami abituriyentning 46,9%iga töğri keladi

Foto26-iyul, 2024, 18:572 daqiqa0 koʻrish

345 ming abituriyent 56,7 ball ham töplay olmagan🤦‍♂️ Bu jami abituriyentning 46,9%iga töğri keladi
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytidagi oçiq maʼlumotlarga köra, joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan. Bu ötgan yilgiga qaraganda 151 mingga kam.

Testga kirgan abituriyentlarning ⬇️ 345 ming 869 nafari (46,9%) 56,7 balni ham töplay olmagan.

56,7 dan köproq ball töplagan abituriyentlar soni ⬆️ 391 ming 482 nafarni (53,1%) taşkil qiladi.

Ötgan yilgi holat bilan soliştirganda ahvolimiz nisbatan yaxşilanibdi. Umuman olganda yildan yilga yaxşi tomonga özgariş bor.

Ötgan yili 49,4% foiz, aniqroği 439 ming abituriyent 56,7 ball ham töplay olmagandi, joriy yilda bu körsatkiç 2.5% ga yaxşilandi.

2024-yilda eng yomon körsatkiç Sirdaryo viloyatida (51,8%), nisbatan yaxşiroq natija esa doimgidek Toşkent şahrida (35,9%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).

Ötgan yili 8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan köproği 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda bunday hududlarning soni 4 taga tuşdi. Jizzax, Navoiy, Qaşqadaryo va Toşkent viloyati öz natijasini yaxşilab, 50 foizdan pastki çiziqqa öta olgan.

🟢 Ötgan yilga qaraganda natijasini eng köp yaxşilagan 5 ta hudud:

⬆️ Toşkent şahri — 4,9%
⬆️ Toşkent viloyati — 4,9%
⬆️ Jizzax — 3.7%
⬆️ Buxoro — 3,5%
⬆️ Sirdaryo — 3,1%

Ötgan yilgiga qaraganda natijasi yomonlaşgan bironta hudud yöq. Hammada ösiş bor.

***

56,7 ball — bu töplaş mumkin bölgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Yaʼni abituriyent heç bölmasa 30% bilimga ega bölsa, uşbu körsatkiçni töplay oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak töğri bölar balki.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek