Oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yönalişlarini tanlaş boşlandi
❗️❗️❗️Oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yönalişlarini tanlaş boşlandi
Oliy va professional taʼlim muassasalariga kiriş test sinovlarida iştirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yönalişlarini tanlaşlari lozim.
Buning uçun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul” bölimiga kirib, “Xizmatdan foydalaniş” tugmasi bosiladi va “OTM tanlaş” bölimiga ötiladi.
➖ Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” böyiça öz tanlovini amalga oşiradi.
➖ Şundan söng abituriyent test topşirgan fanlar majmuasi va taʼlim tiliga mos bölgan beştagaça oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yönalişini taʼlim şakli bilan birga tanlaydi.
➖ Bunda taʼlim yönalişlarini bir oliy taʼlim muassasasi yoki turli oliy taʼlim muassasalari doirasida tanlaş mumkin.
📱 Taʼlim yönalişlarini tanlab, “Saqlaş” tugmasi bosilgandan söng maʼlumotlarni tasdiqlaş uçun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritiş orqali maʼlumotlar tasdiqlanadi.
🖥 Maʼlumotlar tasdiqlanganidan söng, “Abituriyent qayd varaqasi” şakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, taʼlim şakllari, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yönalişlari aks etgan böladi. Yuklab oliş tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olişi mumkin.
🔁 Abituriyentlar taʼlim yönalişlarini tanlaş muddati yakunlangunga qadar öz maʼlumotlarini özgartirişlari va qayd varaqasini qayta yuklab olişlari mumkin.
📆 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani töğrisidagi yakuniy tanlov natijalari taʼlim yönalişlarini tanlaş töliq yakunlangandan söng bir hafta muddatda eʼlon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars

