Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Şunday qilib, barça abituriyentlarning natijalari eʼlon qilindi

Matn26-iyul, 2024, 16:151 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz25-iyul kungi kiriş test sinovi natijalarini my.uzbmb.uz, mandat.uzbmb.uz saytlari va maxsus Telegram botlar orqali biliş mumkin.

‼️ Şunday qilib, barça abituriyentlarning natijalari eʼlon qilindi. Endi heç kim bu röyxatga qöşilib qolmaydi, çunki qöşimça test kunlari ötkazilmaydi (agar Davlat qabul komissiyasi yopiq bayonnoma bilan kimlargadir ruxsat bermasa).

Ana, endi abituriyentlar uçun yönaliş tanlaş imkoniyatining oçilişini kutiş kerak.

Ammo buning uçun eng avvalo kvotalar eʼlon qilinişi kerak. Kvotalarni bilmasdan turib, yönaliş tanlab bölmaydi. Batafsil kvotalar esa haligaça tasdiqlanmadi.

20-iyuldagi Prezident farmoyişida Davlat qabul komissiyasi batafsil kvotalarni 1 hafta muddatda tasdiqlaşi belgilangan edi. Uşbu muddat ertaga tugaydi.

Demak, agar ertaga — 27-iyul kuni Davlat qabul komissiyasi kvotalarni tasdiqlab, eʼlon qilmasa, Prezident hujjatidagi topşiriqni ijro qilmagan böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek