2023-yil 1-dekabrdan Oçiq maʼlumotlar portaliga joylaştiriladigan yangi maʼlumotlar röyxati tasdiqlandi
⚡️2023-yil 1-dekabrdan boşlab Oçiq maʼlumotlar portali hamda vazirlik va idoralarning veb-saytlariga quyidagilar ham joylaştiriladi:
a) hududlar kesimida “Haj” ziyoratiga boriş uçun navbatda turgan fuqarolarning yagona onlayn navbati;
b) bolalarni davlat maktabgaça taʼlim taşkilotiga qabul qiliş uçun berilgan arizalar navbati;
v) davlat xaridlarini amalga oşirişga oid tartib-taomillarni belgilovçi içki hujjatlar;
g) böş iş örinlari, işga qabul qiliş şartlari, nomzodlarga qöyiladigan talablar va taqdim qilinadigan hujjatlar;
d) nodavlat notijorat taşkilotlariga ajratilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari, şu jumladan ğolib bölgan nodavlat notijorat taşkilotlarining buyurtma doirasida bajargan işlari yuzasidan hisobotlar.
👉 @xushnudbek 👈

