Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Magistraturada kontraktda öqiyotgan qizlar grant taqsimotidan öta olmasa

Matn1-avgust, 2025, 20:442 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Magistraturada kontraktda öqiyotgan qizlar grant taqsimoti uçun ariza berib, öta olmay qolsa, unda kontraktini byudjet qoplab bermaydimi?

Şu kabi savollar bilan murojaat qilişmoqda. Sababi telekanallardan birida ketgan efirda magistraturada kontraktda öqiydigan qizlar grant taqsimotidan öta olmasa, kontraktini özi tölaydi, mazmunida lavha berilgan.

Bu haqida aniqlik kiritiş uçun Oliy taʼlim vazirligi bilan boğlandim. Ularning maʼlum qilişiça, mazkur lavhada biroz notöğri talqin berilgan.

Demak:

➖ magistraturada kontraktda öqiydigan qizlar grant taqsimotida bemalol iştirok eta oladi, bu ularning huquqi. Faqat özlaştiriş körsatkiçi GPA 3,5 dan baland bölişi kerak;

➖ agar mabodo taqsimot tanlovida grantga öta olmasa, unda 15-sentyabrgaça tölov-kontrakt miqdorini davlat byudjetidan qoplab beriş töğrisida ariza berişlari mumkin böladi, bu ham ularning huquqi. Grant taqsimotidan öta olmagani ularning bu huquqini bekor qiliş uçun asos böla olmaydi. Yaʼni davlat kontraktdagi qizlar uçun tölaşda davom etaveradi, bu çeklanmaydi;

➖ baribir kontraktdagi qizlarga davlat tölab berayotgan bölsa, unda grant taqsimotida qatnaşiş nimaga kerak özi, degan savol ham tuğilişi mumkin. Vazirlik masʼullarining maʼlum qilişiça, asosiy farqi — stipendiya tölaniş yoki tölanmaslikda. Yaʼni taqsimot tanlovi orqali grantga ötgan qizlarga stipendiya ham tölanadi, lekin davlat byudjetidan kontrakti qoplab berilayotgan qizlarga stipendiya tölanmaydi.

Bor gap şu. Vahimaga yoki xavotirga örin yöq. Talaba qizlar davlat yaratib bergan barça imkoniyatlardan töliq foydalanişlari mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek