Ramazon

19-mart, payşanba (oxirgi kun)

Matn19-mart, 2026, 04:392 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

19-mart, payşanba (oxirgi kun)
Saharlik vaqti: 05:10
Iftorlik vaqti: 18:38 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

DINIY BAYRAMLARNI NIŞONLAŞ SUNNATLARI

Tilimizdagi «bayram» (hayit) sözi arab tilida «iyd» sözi bilan ifoda qilinadi va «qaytiş» maʼnosini bildiradi. Bayramlar qayta-qayta kelgani uçun «iyd» deb nomlangan. Eng muhimi, mömin-musulmonlarga ikki iyd kunlari Alloh taoloning köplab xayru barakasi qayta-qayta keladi.

***

RÖZA BAYRAMIGA XOS IŞLAR.

Fitr kuni taom yeyiş, misvok va ğusl qiliş, xuşböylik surtiş va eng yaxşi kiyimlarini kiyiş va fitr sadaqasini beriş mandubdir.

1. Taom yeyiş.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Fitr kuni bir neça xurmo yemay turib, çiqmas edilar. Toq yer edilar».

Buxoriy va Termiziy rivoyat qilganlar.

2. Fitr sadaqasini beriş.

Fitr sadaqasini iyddan bir neça kun oldin bersa ham böladi.

***

QURBON BAYRAMIGA XOS IŞLAR.

Qurbon bayrami kunlari rioya etilişi zarur bölgan alohida odoblar bor:

1. Bu bayram kunlari röza tutmaslik.

Mazkur kunlarda röza tutiş man qilingan. Bular xursandçilik, yeb-içiş, öyin-kulgi kunlaridir. Şuning uçun ham mazkur kunlarning rözasini tutişdan qaytarilgan.

2. Qurbon iydida heç narsa yemasdan, namozga çiqiladi.

Öşa kuni birinçi taom sifatida har kim özi qiladigan qurbonlikning goʼştidan yesa, yaxşi böladi.

3. Yölda ovoz çiqarib takbir aytiladi.

Uydan masjidga yetib borgunça bosib ötiladigan yölda ovoz çiqarib takbir aytib boriladi.

«Allohu akbar! Allohu akbar! La ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillahil hamd»ni aytiş vojib. Yaʼni uşbu takbir siyğasini bir marta aytiş vojib, undan köp aytiş mustahab va savob.

4. Bayram namozidan keyin qurbonlik söyiş.

Zotan, Iydi Qurbon haj ibodatlarining tamom bölişi munosabati ila va Alloh yölida har qanday qurbon berişga tayyorlikni izhor qiliş uçun şariatga kiritilgan bayramdir.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 9 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek