Ziroat Mirziyoyeva Mehrli maktab gospital maktabiga taşrif buyurdi
“Zamin” fondi Vasiylik kengaşi raisi Ziroat Mirziyoyeva Özbekistondagi ilk gospital maktabga taşrif buyurdi. “Mehrli maktab” – Özbekiston uçun yangi yönaliş hisoblanadi.
“Mehrli maktab” - Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarning uzluksiz taʼlim olişini taʼminlaş maqsadida taşkil etilgan.
Maktabning vazifasi – uzoq vaqt davolanayotgan hamda maktab yoki boğçaga boriş imkoniyati bölmagan bolalarning sifatli va uzluksiz taʼlim oliş huquqini röyobga çiqarişga kömaklaşişdir.
Uşbu maktab “Zamin” fondi tomonidan Özbekiston Maktabgaça taʼlim, Xalq taʼlimi va Soğliqni saqlaş vazirliklari hamkorligida amalga oşirilgan.
- 👍 792
