Zakovat va MetsenatUz loyihalari Tahsin mukofotini oldi

Albom29-iyun, 2021, 20:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Zakovat hamda MetsenatUz loyihalari “Tahsin” mukofoti bilan taqdirlandi

Keça Yoşlar işlari agentligi tomonidan ötkazilgan «Tahsin» mukofotining taqdirlaş marosimida yuz minglab yoşlar orasida ilm va aql-zakovatni trendga çiqarişdagi xizmatlari uçun «Zakovat» intellektual loyihasi “Tahsin” mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofotni klub rahbari Abdurasul Abdullayev qabul qilib oldi.

Şuningdek, taʼlim grantlari va stipendiyalar ajratişga möljallangan Metsenat.uz loyihamiz ham "Tahsin" oldi. Mukofotni loyihani yaratişda beminnat yordam bergan döstim Alişer Tojiyev bilan birga qabul qilib oldik.

2020-yil oktabr oyida asos solingan uşbu loyiha doirasida bugungi kungaça jami 10 ta grant va 3 ta stipendiya eʼlon qilindi. Eʼlon qilingan tanlovlarning jami qiymati 5 mlrd sömdan oşdi.

Uşbu mukofotini yoşlarga moddiy kömak berişni niyat qilgan barça hamkor metsenatlar va homiy taşkilotlarga berilgan eʼtirof deb hisoblayman. Çunki ilmga investitsiya kiritgan har bir inson va taşkilot şubhasiz tahsinga loyiq!

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek