Zakovat stipendiyasini berish tartibi tasdiqlandi
Manba:Zakovat intellektual klubi
Oʻquvchi-yoshlar va talabalar uchun “Zakovat stipendiyasi”ni berish tartibi tasdiqlandi
2022-2023-oʻquv yilidan boshlab “Zakovat” va boshqa intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoa a’zolari uchun yil davomida har oy “Zakovat stipendiyasi” beriladi.
“Zakovat stipendiyasi” intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida:
1-oʻrinni olgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 5 baravari miqdorida (hozirda 1 350 000 soʻm);
2-oʻrinni olgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 4 baravari miqdorida (hozirda 1 080 000 soʻm);
3-oʻrinni olgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 3 baravari miqdorida (hozirda 810 000 soʻm) belgilanadi va yil davomida har oy toʻlab beriladi.
Bunda 3 xil yo’nalishdagi intellektual turnirlar g’oliblariga stipendiya tayinlanadi:
1️⃣ umumiy o’rta ta’lim;
2️⃣ o’rta maxsus va professional ta’lim;
3️⃣ oliy ta’lim.
Stipendiya tayinlanadigan respublika turnirlari ro’yxati Respublika tashkiliy qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
➖ @zakovat
- 👍 769
