Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Zakovat intellektual klubi faoliyati onlayn davom etmoqda

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq

Özbekistonda ham butun dunyoda bölgani kabi koronavirus infeksiyasining tarqalişini oldini oliş maqsadida karantin eʼlon qilindi. Şu sababli «Zakovat» intellektual klubida ham tanaffus eʼlon qilingan. Körsatuv syomkalari ham nomaʼlum muddatga qoldirilgan.

Ammo «Zakovat» bilimdonlari şunday vaziyatda ham intellektual öyinlardan uzoqlaşib ketişgani yöq. Aksinça, hozirgi tanaffusda yurtdoşlarimiz, ayniqsa yoşlar orasida mantiqiy öyinlarni va bilimni tarğib qilişga harakat qilişmoqda.

Masalan, @zakovat kanalida har kuni körsatuv boşlovçisi özi ovozli mantiqiy savollar berib boryapti va 18 mingdan ortiq kişi savollarni kuzatib boryapti.

@zakovatquiz kanalida esa test körinişidagi qiziqarli faktik savollar berib borilmoqda. Neça foiz insonlar töğri javob berayotganini ham kuzatib boriş mumkin. Kanalda 30 mingga yaqin obunaçilar bor.

Şuningdek, Zakovat jamoalari uydan turib onlayn öyinlar va maşğulotlar ham ötkazişmoqda. Haqiqiy Zakovat öyiniga maksimal yaqinlaştirişga harakat qilyapmiz.

Işonmasangiz, quyidagi videoda Jobir Ahmedov jamoasining onlayn öyinini tomoşa qilişingiz mumkin. Qiziqarli savollarni çat orqali özaro muhokama qilsangiz ham böladi. Öyin böyiça taklif va mulohazalaringizni izohlarda kutib qolamiz.

https://youtu.be/RQEc1zbj8_4

Koronavirus atrofidagi vahimalardan sal çalğiş uçun ham yarim soat vaqtingizni ajratsangiz yutqazmaysiz, menimça.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek