Koronavirusga qarşi kuraşayotgan şifokorlarga taşakkur
Koronavirus ustidan ğalaba qozonayotgan şifokorlarimiz şarafiga
Koronavirus Info kanali muharrirlaridan biri Ahmadjon Yusupov keçagi «Sokol» sanatoriysida olingan videoni körib, öz fikrlari bilan örtoqlaşdi. Uşbu fikrlarni Sizlarga ham ulaşmoqçiman:
«Men 15 kundan beri AOKA ştabida har kuni kasallik alomatlari mutlaqo yöq va soğlom 5-10 nafar jurnalist orasidaman. Azbaroyi zarurat tufayli. Nimaiki xavfsizlik talabi bölsa rioya qilayapman, heç kimni yaqinimga yölatmayman, niqob bilan qölqopni kerak bölsa, har soatda almaştiraman. Ammo, baribir, keçqurun uyga qaytganimda qizimni quçişga, öğlimni erkalaşga ikkilanaman. Alloh asrasin!..
Endi butun dunyoni dahşatga solayotgan koronavirusga çalingani aniq, hatto kasallikning oğir bosqiçini boşidan keçirayotgan bemorlarga muolaja qilayotgan şifokorlar holatini köz oldingizga keltiring. Yuzidagi niqobini bir lahzaga yeçsa, bu laʼnati virusni yuqtirib oliş xavfi muqarrar bölgan hamşirayu sanitarkalar xayolidan nimalar keçyapti ekan?!
Har kuni internetda falon davlatdagi vraçlar iş taşlaş eʼlon qilibdi, falon davlatning döxtirlari kasalni davolaşdan boş tortibdi, degan uzun-yuluq gaplar kelib turibdi. Lekin bizga «Men şu şifokorlar orasiga qöşilişim uçun kimga murojaat qilay?» — deb savol berayotgan vraçlarimiz köp. Şukrki, hali şu paytgaça falon döxtirlar işidan boş tortibdi, degan gapni eşitmadik. Eşitmaylik ham!
Aziz şifokorlar, hamşiralar!
Şuni bilingki, tinç-omon kunlarda qilingan katta jasoratlar balki unutilişi mumkin, lekin oğir va sinovli damlarda Siz qilayotgan mardlikni heç kim unutmaydi. Işoning, bu sinov sizga pastroq yoki boşqaçaroq köz bilan qarab yurgan insonlarga saboq böladi. Xudo xohlasa, bu kunlar boşimizdan tezroq arisa, eng katta mukofotlar sizniki böladi.
Ungaça bardam böling! Qalban birgamiz!»
👉 @xushnudbek 👈


