Yiqiliş — bu hammasi tugadi degani emas

Video5-avgust, 2021, 18:312 daqiqa0 koʻrish

Yiqiliş — bu hammasi tugadi degani emas

Tokio Olimpiadasida qiziq voqea böldi. Niderlandiyalik atlet Sifa Hassan 1500 metrga yuguriş böyiça saralaş bosqiçida raqiblaridan birining oyoğiga çalinib, yiqilib tuşdi. Ammo, Sifa bundan tuşkunlikka tuşgani yöq va darhol örnidan turib, yugurişda davom etdi. Oxirida marraga birinçi bölib yetib keldi!

Hayot ham xuddi musobaqaga öxşaydi. Agar inson irodali bölsa, öz kuçiga işonsa va yiqilişlarga parvo qilmasdan oxirigaça sabr bilan maqsadi sari intilsa, albatta muvaffaqiyat qozonadi.

P.S.: mabodo öqişdan yiqilsangiz ham xafa bölib yurmang, bu bilan hayot töxtab qolmaydi, şartta örningizdan turingu, olğa boravering.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek