Yangi öquv yili 14-sentabrdan boşlanadi
⚡️Şavkat Mirziyoyev yangi öquv yilini 14-sentabrdan boşlaş haqida körsatma berdi
Bugun umumiy örta taʼlim muassasalarida öquv yiliga tayyorgarlik masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Unda Şavkat Mirziyoyev ota-onalar hamda mahalliy kengaşlar takliflaridan kelib çiqib, yangi öquv yilini 14-sentabrdan boşlaş, maktablarda harakatlar sxemasini işlab çiqib, tajribadan ötkaziş böyiça topşiriq berdi.
Maʼlumot uçun, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan alohida sörovnoma tuzilib, har bir ota-onaning fikri batafsil örganildi. Bu tadbirda 5 million 500 ming nafar ota-ona iştirok etdi. Ularning 76 foizi taʼlim jarayonini maktabga qatnagan holda, yaʼni anʼanaviy şaklda olib boriş tarafdori bölgan. 24 foizi esa masofaviy şaklda – teledarslar orqali davom ettirişni maʼqul körişgan.
👉 @xushnudbek 👈

