Xushnudbek.uz kanali 1 yoşga töldi

Matn8-may, 2019, 09:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Bugun – 8-may. @xushnudbek kanali 1 yoşga töldi.

Bundan roppa-rosa 1 yil oldin şunçaki ermak uçun Telegramda kanal oçgandim. Aniqroği avvalroq oçib qöyilgan kanalda ilk postni qoldirgandim. Öşanda ham aytgandim, «nima yozişni hali bilmayman» deb. Öqiydigan insonlar topilsa, odamni yozgisi kelaverar ekan ))

1 yillik vaqt mobaynida kanalga 2232 ta post joylabman. Kanal faoliyati allaqaçon şunçaki ermakdan, katta masʼuliyatli vazifaga aylanib ulgurdi. Bu – söz masʼuliyati!

Blog va blogerlik faoliyati har doim men uçun xobbi bölgan. Şu paytgaça bundan biron marta tijoriy maqsadni közlamaganman, reklama takliflarining barçasini rad qilib kelganman.

Asosiy maqsadim pul topiş emas. Aksinça qölimdan kelganiça, imkonim, aqlim va kuçim yetganiça yurtdoşlarimizning huquqiy bilimlarini oşirişga kömaklaşiş, bilganlarimni ular bilan örtoqlaşiş, jamoatçilik nazorati orqali şu jamiyat rivojiga ozgina bölsada hissa qöşiş – mana şular mening oliy maqsadim.

Avval ham bir yozgandim, blogerlikdagi asosiy prinsipim Navoiy bobomizning quyidagi 2 baytida namoyon:

Hunarni asrabon netgumdir oxir,
Olib tufroqqami ketgumdir oxir.

Agar kimningdir kiçkinagina muammosi yozganlarim orqali hal bölsa, agar ustozlarimiz bergan ilm orqali heç bölmasa 1 kişiga yordamim tegayotgan bölsa, heç bölmasa 1 kişi “ota-onangga rahmat” deb duo qilib qöyayotgan bölsa, şuning özi men uçun kifoya, bu dunyoda bundan ortiq mukofot yöq.

Bor gap şu.

Yana birgina gap – şu 1 yil davomida meni qöllab kelgan, xatolarimni keçirgan, xuddi öz öğlidek, ukasidek, akasidek yoki döstidek qabul qilib, iliq mehrini dariğ tutmayotgan barça muştariylarga özimning çeksiz minnatdorligimni bildirmoqçiman. Sizlarning har biringizni juda hurmat qilaman. Salkam 80 minglik katta ahil jamoa töplanganidan xursandman.

Bugun biroz erkalanadigan kunimiz, tabriklar çeklanmagan miqdorda qabul qilinadi ))

1 yoşli kanalga ulaniş:
👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek