Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Xushnudbek.uz kanali taşkil etilganiga 4 yil töldi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalFoto1 daqiqa0tahrirlangan
Xushnudbek.uz каналининг 2018 йил 8 майдаги илк пости ва муаллифнинг сурати акс этган скриншот

Roppa-rosa 4 yil oldin @xushnudbek kanalida ilk post qoldirilgan edi. 4 yil içida kanalda 14 mingdan oşiq postlar eʼlon qilindi (forvardlari bilan). Bugungi kunda obunaçilar soni 418 mingdan köproqni taşkil qilmoqda.

Umuman olganda kanal menga köp narsa örgatdi, tarbiyaladi. Turli kutilgan va kutilmagan savdolarni boşimga soldi, quvonçli va baʼzan dilni xira qiluvçi vaziyatlarni tuhfa qildi. Masʼuliyatli bölişga, maʼlumotlarni qayta va qayta tekşiriş, şoşmaşoşarlik qilmaslikka, öz ustimda tinimsiz işlaşga örgatdi.

Eng asosiysi kanalim menga Sizlardek qadrdon insonlarni berdi. Özbekiston va xorijdagi turli nuqtalardan meni kuzatib, fikrlarimga munosabatlar beradigan, xursandçilik kunlarimda men bilan birga quvonadigan, baʼzan men uçun qayğuradigan, xato qilgan paytlarim tanqid qilib, töğri yölga boşlaydigan 400 mingdan oşiq aziz va samimiy yaqinlarim paydo böldi. Bularning barçasi Allohning menga bergan marhamati, desam adaşmagan bölaman.

Boringizga şukr! Barçangizni ğoyibona hurmat qilaman.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 7492
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek