Green Card lotereyasining 2019-yilgi javoblari çiqdi
Amerika - sehrli diyor. Grin-karta javoblari çiqdi.
Milliondan ortiq özbeklar öz baxtini sinab köradigan, xalq orasida «Green Card» nomi bilan tanilgan AQŞning Turli millat vakillariga viza dasturining 2019-yilgi javoblari çiqdi.
Javoblarni maxsus kodni kiritiş orqali http://www.dvlottery.state.gov saytidan tekşirib köriş mumkin. Lekin hozirgi vaqtda juda katta sörov yuborilayotgani sababli sayt "osilib" qolibdi. Birozdan keyin işlab ketsa kerak.
Maʼlumot uçun, 2018-yilda Özbekistondan 4 ming 494 kişi uşbu lotereyada ğolib bölgan va Grin-karta çiqqanlar soni böyiça dunyodagi kuçli 5 ta davlatdan biri bölgandi (Rossiya, Eron, Kongo, Efiopiya bilan birga).
Qaysi davlatdan neça kişi uşbu lotereyada iştirok etgani haqidagi maʼlumot oxirgi marta 2015-yilda eʼlon qilingandi. Öşa yilgi maʼlumot böyiça Özbekistondan 1 mln 387 ming 420 nafar kişi yurtini taşlab, AQŞga işlaş uçun ketiş istagini bildirgan ekan.
Ana şunaqa gaplar...
Kanalga ulaniş:
👉 @xushnudbek 👈

