Grin karta lotereyasi haqida muhim maʼlumotlar

Matn18-sentabr, 2019, 10:073 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Grin karta haqida

Grin kartada omadi kelib, hozir AQŞning Florida ştatida istiqomat qilayotgan döstim Abror Qodirov özining @Floridiston kanalida Grin karta haqida qiziqarli maʼlumotlar berib bormoqda. Yaqin orada yangi mavsum uçun eʼlon qilinadigan uşbu lotereyaga Özbekistonda qiziqiş juda kattaligini hisobga olib, öşa postni Sizlarga ham havola qilmoqçiman:

«Grin Kartasi nima u? Uni nima bilan yeydi?

Gapni h-o-o-v Odam Atodan olib keliş niyatim yöq. "Grin Karta" tarixini aytib bermoqçimasman. Şunçaki, yillar davomida lotereyada iştirok etib keladiganlarining ham köpçiligi Grin Karta özi nima ekanligini köp ham tuşunvoraverişmasligiga guvoh bölyapman. Şunga imkon qadar qisqa töxtalmasa bölmaydiganga öxşayapti.

Xalq tilida "Green Card" bölib ketgan narsa aslida AQŞda doimiy yaşaş va işlaş huquqini beradigan - "Permanent resident card" nomli xujjat. U turli sabablar va yöllar bilan beriladi. Şulardan biri - lotereya öyini körinişida. Bu yaşil kartoçkani qölga kiritişning yagona yöli emas. Lekin eng oson usuli. Har yili 50 000 dona yaşil kartoçkalar egalari aynan şunaqa usulda aniqlanadi. Lotereyada iştirok etiş uçun belgilangan bir oy muddat içida rasmiy saytga kirib, özingiz va turmuş örtoğingiz (agar bölsa) pasport maʼlumotlari, taʼlim borasidagi maʼlumotingiz söraladigan anketani töldirib, maxsus talablarga mos keladigan rasm joylaş kifoya.

Grin karta qaysi saytlar orqali öynaladi?

Lotoreyaning rasmiy sayti manzili - dvlottery.state.gov

Bundan boşqa istalgan sayt - feyk. Haqiqiy emas. Bundan boşqa barçasi - "moşennik". Mutlaqo boşqa saytlarga maʼlumotlaringizni kiritmang. Internet olamida yuzlab öziga rasmiy maqom berib olgan feyk Grin karta saytlari bor. Ular sizning şaxsiy maʼlumotlaringgizni töplab olib, rasmiy saytga ularni kiritib, yutuq çiqqan holda sizdan yaxşigina pul talab qiliş uçungina oçilgan. Aldanmang! Green Card lotereyasi sayti faqat ingliz tilida faoliyat yuritadi. Uning rusçasi, "tem boleye" özbekçasi yöq.

Grin karta öynaş qança turadi?

Heç qança. Lotereyada iştirok etiş tölovi yöq. U mutlaqo bepul. Qaysidir "tipo" konsalting firmaça qançadir miqdorda söragan puli - faqat öz xizmati uçun. Agar sizga lotereyada iştirok etiş uçun rasmiy tölov, deb pul sörasa, bu yolğondan boşqa narsa emas.

Qaysi firmada öynasa imkoniyat köpayadi?

Heç qaysi. Sizga anketa töldirib berişga yordam beradigan heç bir firmaning biri ikkinçisidan ustun emas. AQŞ immigratsion xizmati yoki Qöşma Ştatlarning Özbekistondagi elçixonasi biror firma bilan hamkorlik qilmaydi. Göyoki ularning firmasida öynab, ğolib bölganlarning vizasi urilgan pasportlarini ilib qöyilganiga laqqa tuşmang. Öşa odamlar aynan u yerda öynaganini tekşira olmaysiz, bu - bir. Qöyilgan hujjatlar haqiqiyligi ham aniqmas, bu - ikki. Rostdan öşa yerda öynab, kimdir yutgan bölsa ham bu öşa insonning omadliligini körsatadi xolos. Sizning omadinggizga buning mutlaqo aloqsi yöq. 50 ming sömga töldiradigan firma ham, 10 ming sömga şu işni qiladigani ham, bir-biridan köproq bilmaydi. Ulardan faqat qölidagi hujjatdan maʼlumotni töğri köçiriş talab qilinadi xolos. Buni esa özingiz ham uddalay olasiz.

"Arizani oxirgi kunlarda topşirsa imkon köproq bölarmiş...?"

Bölmagan gap. Lotereya öynaş sanalari eʼlon qilingaç, öşa 30 kundan istalgan birida topşiravering. Anketaning qaysi kunda töldirilganligi bilan heç kimning işi yöq. Asosiy talab, maʼlumotlar töğri kiritilganligi va fotosuratning talablarga mosligi. Boşqa "fokus"lar yöq.

Qanday qilib imkoniyatni oşirsa böladi?

Buning yöllari yöq. Faqatgina turmuş qurganlarda imkoniyat qolganlardan ikki barobar köproq. Çunki er yoki xotindan qay biriga yutuq çiqsa ham ularning har ikkisi Grin karta oliş imkoniga ega böladi. Agar sizga kimdir yana biror yölini aytgan bölsa, bilingki, u noqonuniy va oxir-oqibat, sizga yutuq çiqqan taqdirda ham viza berilmasligiga olib keladi.

Keyingi postlarda yana boşqa masalalarga batafsilroq töxtalaman. Izohlarda esa mavzuga oid barça savollaringgizni qoldirişingiz mumkin».

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek