Xalq banki xorijdagi özbekistonliklar uçun kreditlar ajratadi
Soğlom raqobat yaxşi-da. Ayniqsa bundan faqat va faqat isteʼmolçilar yutadi. Raqobatning yana bir yaxşi tomoni xalqning ehtiyoji va talabiga yaraşa takliflar paydo böla boşlaydi, yaʼni Sizga aslida nima kerak bölsa, şunga imkoniyat yaratib berişadi.
Bu gaplar Xalq bankining «Expat Home» hamda «Expat Car» loyihalarini körib, yana bir bor esimga tuşib ketdi.
Özbekning asosiy orzularidan biri uy quriş, töy qiliş, maşina oliş. Bu kabi orzular xorijga işlaşga ketayotgan minglab, balki millionlab yurtdoşlarimizda ham bor. Ular xorijda işlab topgan pullarini uyga yuborişadi, oila aʼzolari esa öşa pullarni yiğişni boşlaydi. Lekin “rözğor – ğor” deganlariday u pullar köpinça işlatilib ketadi, ne-ne umidlar bilan işlab, qaytib kelgan oila boşliği qarasaki, pullar yöq yoki çöği juda kam. Ana, keyin janjallar boşlanadi. Bunaqa holat haqida tez-tez eşitib turamiz.
Xalq banki taklif etayotgan «Expat Home» tarifi orqali çet elda işlayotgan fuqarolarimiz Özbekistondan birlamçi bozordan uy sotib olişi mumkin ekan. Bunda:
- xorijda turib kreditni rasmiylaştiriş imkoniyati bor;
- yurtimizda uy-joy qurilişiga çetdan investitsiya kiritiladi;
- milliy valyutada ön yil muddatga beriladi;
- yangi uy sotib oliş uçun yillab pul yiğmaydi.
«Expat Car» tarifida esa çet elda işlayotgan yurtdoşlarimiz UzAutoMotors maşinalarini sotib olişi mumkin bölar ekan. Bunda:
- çet eldan turib kreditga maşina olişi mumkin;
- Özbekiston avtomobilsozligiga xorijdan investitsiya kiritiladi;
- avtokredit oliş uçun işonçli vakili kelsa kifoya;
- yangi avtomobil sotib oliş uçun pul yiğiş şart emas.
Raqobat yaxşi. Masalan, şunaqa takliflar boşqa banklarda ham paydo bölib, bozorni töldirişsa, şartlari yanada osonlaşib, xalq uçun yanada qulay böladi. Yuqorida aytganimizday raqobatdan faqat va faqat isteʼmolçilar yutadi.

