ÖzLiDeP «Lukoyl» xodimi bilan boğliq holatga munosabat bildirdi
ÖzLiDeP bayonoti
Şu kunlarda internet saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda «Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani» MÇJ rahbar xodimi tomonidan Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan Jarquduq majmuasi işçilari şaʼniga nomaqbul sözlar aytayotgani aks etgan videolavha köpçilikning eʼtiroziga sabab bölmoqda.
Biz mazkur vaziyatdan kelib çiqib, xizmat vazifasini bajariş davomida yöl qöyilgan xato va kamçiliklar uçun masʼul xodimlarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda jazo çoralarini köriş eng töğri yöl deb hisoblaymiz. U kim bölişidan qatʼi nazar turli millat va elat vakillarining öziga xos milliy anʼanalari, urf-odatlari hamda şaxsiyatini toptaşga aslo yöl qöyib bölmaydi. Zero, mamlakatimizda millatlararo totuvlik, xalqlar örtasidagi döstlik munosabatlari juda yaxşi rivojlangan.
O‘zLiDeP kompaniya rahbariyatidan inson şaʼniga nisbatan qilingan bunday tajovuz iştirokçisiga nisbatan körilgan çora yuzasidan yaqin vaqt davomida jamoatçilikka axborot beriş lozim deb hisoblaydi. Zero, şaxs qadr-qimmati, uning şaʼni daxlsizligi Özbekiston qonunçiligi hamda xalqaro normalarga muvofiq oliy qadriyat hisoblanadi.
O‘zLiDeP matbuot xizmati
P.S.: Şuningdek, uşbu holat yuzasidan “Yuksaliş” umummilliy harakati, “Adolat” va XDP partiyalari ham bayonot berişdi.
Bu böyiça şaxsiy pozitsiyam aniq: kimnidir haqorat qilgani uçun u kim bölişidan, yaʼni millati, lavozimidan qatʼi nazar albatta javobgarlikka tortilişi kerak, bundan boşqaça bölişi mumkin emas.
Va öz navbatida xolislik bölişi uçun aytamanki, instruksiyaga amal qilmasdan, özining va hamkasblarining hayotini xavf ostiga qöygan xodim(lar) ham tegişli tartibda jazolanişi kerak.
👉 @xushnudbek 👈



