Özbekistonda tibbiyot xodimlari kuni nişonlanmoqda
Noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi Özbekistonda tibbiyot xodimlari kuni sifatida nişonlanadi.
Salomatligimiz uçun qayğuradigan jonkuyar tibbiyot xodimlarini bayramlari bilan tabriklayman!
Joriy yilgi bayram özgaça ötdi, deyiş mumkin. Ilk marta tibbiyot xodimlariga Prezident tabrigi yöllandi, soha xodimlaridan bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi, “Turkiston” saroyida katta bayram tadbiri taşkil qilinib, Senat raisi davlat mukofotlarini topşirdi, joylarda ham şu kabi tantanalar keng nişonlanmoqda.
Xalqning ularga asosiy sovğasi esa - tibbiyot xodimlariga bölgan çeksiz hurmat va işonç bildirişda bölişi kerak, menimça. Öz kasbiga sadoqatli xodimlarni yana bir bor bayramlari bilan tabriklayman.

