Özbek tili uçun IELTS kabi baholaş tizimi yaratiladi
IELTS kabi Özbek tilida öqiş, yoziş, gapiriş va eşitiş könikmalarini baholaş tizimini işlab çiqiş uçun ekspertlar kerak!
Keça Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov özining Feysbuk sahifasida özbek tili uçun ham IELTS baholaş tizimini yaratiş böyiça taklif bilan çiqdi va uşbu loyihada iştirok etişni istagan mutaxassislarni hamkorlikka taklif qildi. Postni quyida töliqligiça havola qilaman:
«Tilni örganişda nafaqat grammatika balki hayotda u tildan foydalaniş uçun könikmalar hosil qiliş juda muhim. Lekin, şu vaqtgaça IELTSdagi kabi barça 4 ta könikmani xolis baholaydigan tizim özbek tili uçun yaratilmagan. Agar uni yölga qöysak öquvçilarimizning özbek tilini yanada yaxşiroq örganişga, yaxşiroq öqib tuşunişga, ravon gapirişga, öz fikrlarini bemalol yozma ifoda etişga imkoniyat yaratamiz. Yaxşi işonçli tizim yaratilsa uni keyinçalik Davlat test markazi bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasalariga ham kiriş imtihonlarida joriy qilsa böladi.
Hozir bu 4 ta könikmani ingliz tilida baholaş uçun xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda kompyuterdagi test tizimi ham yaratilgan. Lekin bu tizimdan özbek tilidagi könikmalarni baholaşda foydalaniş uçun özbek tili mutaxassislari, ayniqsa test tuziş böyiça mutaxassislar kerak. Biz şunday mutaxassislarni izlayapmiz.
Agarda sizning ham aynan şunday kuçli mutaxassis tanişlaringiz bölsa, bizga albatta xabar bering. Uşbu postga izoh qilib ularning kim ekani, qayerda işlaşi, qolaversa ularning ijobiy tajriba va natijalari haqida tavsiya bersangiz, biz ularni saralab olib ekspertlardan iborat işçi guruhini tuzamiz va özbek tilini baholaşning yangiça tizimini yaratamiz. Kuçli ekspertlarga qilgan işlari uçun tegişli mablağ ajratiladi.
Mana bugun juda katta tarixiy voqea böldi. Mustaqil Özbekiston tarixida birinçi marotaba Davlat tili bayrami Davlat Rahbari iştirokida şunday katta nişonlandi. Bu taʼlim sohasi uçun albatta juda katta masʼuliyatni ham yuklaydi. Şuning uçun kuçli va fidoiy mutaxassislarni yiğa olsak va yangi baholaş tizimini yaratsak barça taʼlim muassasalaridagi öquvçilar uçun juda foydali bölar edi. Bu esa öz navbatida Özbek tili Davlat tili deb belgilanganining 30 yilligi uçun öziga xos yaxşi sovğa böladi.
Bayram muborak!»
Post tugadi.
Biz ham uşbu loyihani töliq qöllab-quvvatlaymiz va loyihada iştirok etişni istagan barça mutaxassislarni birlaşiş uçun çorlab qolamiz!
👉 @xushnudbek 👈
