Toşkent markazidagi Matbuotçilar köçasi qayta oçiladi
Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berişiça, markazdagi Matbuotçilar köçasi oçilar ekan. Endi Zarafşon restoranidan töğri Amir Temur xiyoboni aylanma yöliga tuşib ketiladi, deya xabar bermoqda Davletov.uz kanali [https://t.me/davletovuz/2677]
Yuridik universitet yonidan ötgan uşbu yöl bizning talabalik paytimizda oçiq bölardi. Keyinçalik 2010-yillarmikin, aniq esimda yöq, Amir Temur xiyoboni atrofini rekonstruksiya qiliş bahonasida yopib taşlaşgan edi. Şu yölning qayta oçilsa ança yaxşi böladi haqiqatdan. Çunki "Zarafşon" restorani oldidan "Kurant" tomonga na "Bilayn"ning köçasidan çiqib bölardi, na Yuridik universitet oldidan. Rosa aylanib yurişga töğri kelardi.
Özi Toşkent şahridagi "oçiq yöllar" aksiyasi zör ketyapti. Böğilib qolgan şahar nafas olişni boşlayapti. Aytgança, köpçilik Davlat xavfsizlik xizmati (avvalgi MXX) binosi oldidagi "ğişt" belgisi olib taşlanib, bir tomonlama yöl statusidan ikki tomonlamaga ötganligidan köpçilik bexabar ekan, masalan.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 4

