Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Toşkentdan Rossiyaga qöşimça aviaqatnovlar qöyildi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalFoto1 daqiqa0tahrirlangan
Аэропорт ҳудудида турган Uzbekistan Airways авиакомпаниясининг самолёти

Toşkentdan Moskva va Sankt-Peterburgga qöşimça aviaqatnovlar amalga oşiriladi

Uzbekistan Airways «yölovçilar orasida talab ortişi munosabati bilan» Toşkentdan Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg şaharlariga qöşimça aviaqatnovlarni amalga oşiradi.

Toşkent—Moskva—Toşkent yönalişi böyiça qöşimça reyslar 9—14-mart kunlari, Toşkent—Sankt-Peterburg—Toşkent yönalişi böyiça esa 11, 13, 14-mart kunlari taşkil etiladi.

Avvalroq Uzbekistan Airways 13 va 20-mart kunlari Toşkent—Yekaterinburg—Toşkent yönalişi böyiça, 9, 16 va 23-mart kunlari esa Toşkent—Novosibirsk—Toşkent yönalişi böyiça qöşimça aviaqatnovlar qöyilişini maʼlum qilgandi.

Maʼlumot uçun, Rossiyaning «Aeroflot», S7 Airlines, iFly, Nordwind, AZUR Air, Smartavia aviakompaniyalari Özbekistonga parvozlarni töxtatgan; Rossiya aviakompaniyalaridan faqat Ural Airlines va Red Wings Özbekistonga uçişda davom etmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 594
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek