Toşkent viloyatida 18 ta maktab karantinga olindi

Matn20-aprel, 2021, 11:441 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Toşkent viloyatida 18 ta maktab karantinga olindi

Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmatiga tayanib, ÖzA xabar bermoqda.

Karantinga olingan 18 ta umumiy örta taʼlim maktabining 30 nafar öquvçilari hamda 25 nafar öqituvçilarda koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi sababli öquv jarayonlari masofaviy olib borilyapti.

Jumladan, Örta Çirçiq tumanidagi 3, 54-sonli maktablar, Böka tumanidagi 2-sonli umumiy örta taʼlim maktabi, Çirçiq şahridagi 8, 9-sonli, Piskent tumanidagi 36-sonli, Parkent tumanidagi 22, 51-sonli, Toşkent tumanidagi 9, 12, 17, 18-sonli hamda Olmaliq şahridagi 17-maktab, Nurafşon şahridagi 1-sonli maktablar öqiş jarayonlarini töliq onlayn rejimda olib borişmoqda.

Şuningdek, Örta Çirçiq tumanidagi 50-sonli umumtaʼlim maktabining 3 ta sinfi, Böka tumanining 6-maktabning 8 ta sinfi va 15-maktabning ham 1 ta sinfi, Zangiota tumanidagi 34-sonli umumtaʼlim maktabining 3 ta sinflari karantin rejimiga ötkazilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek