Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti taşkil etildi
Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti taşkil etildi
Şavkat Mirziyoyev bugun imzolagan qarorga binoan, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti negizida Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti taşkil etildi.
2020/2021 öquv yilidan boşlab:
- Universitetga taʼlim standartlarini işlab çiqiş, malakaviy talablar, öquv rejalari va dasturlarini işlab çiqiş va tasdiqlaş huquqi beriladi;
- Universitetda taʼlim jarayoni bosqiçma-bosqiç kredit-modul tizimi asosida amalga oşiriladi;
- xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda taşkil etiladigan qöşma taʼlim dasturlarining öquv rejalari va fan dasturlari mustaqil tasdiqlanadi;
- joriy yilda Universitetga öqişga qabul qilişda şarq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyğur, yapon tillari) topşiriladigan köp balli tizim böyiça imtihonlar örniga test sinovlari ötkaziladi;
- keyingi öquv yilidan, yaʼni 2021/2022 öquv yilidan boşlab uşbu tajriba boşqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirğiz tillari va boşqalar) böyiça respublikadagi barça davlat OTMlariga öqişga qabul qilişda joriy etiladi.
- Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaş, quriş va ekspluatatsiyasi institutining Toşkent şahri, Mirobod tumani, Amir Temur şoh köçasi, 20a-uy manzilida joylaşgan bino va inşootlari tegişli hududi bilan birgalikda Universitetga operativ boşqaruv huquqi asosida beğaraz ötkazib beriladi;
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi, Quriliş vazirligi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi hamda Toşkent şahar hokimligi 2021-yil 1-avgustga qadar mazkur bandga muvofiq Universitetga berilgan hududda Universitetning yangi 9 qavatli binosi va sport majmuasini quriş va foydalanişga topşiradi.
👉 @xushnudbek 👈

