Prezident huzurida Jamoatçilik palatasi taşkil etildi

Matn16-aprel, 2020, 19:462 daqiqa0 koʻrish

Manba:"YUKSALISH" HARAKATI

Prezident Şavkat Mirziyoyev 16-aprel kuni “Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatçilik palatasini taşkil etiş töğrisida”gi farmonni imzoladi.

✅ Unga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatçilik palatasi va har bir hududda uning bölimlari taşkil etilmoqda.

Jamoatçilik palatasi jamoatçilik asosida işlaydigan 50 nafar aʼzodan iborat böladi, ularning:
— 18 nafari Prezident tomonidan tayinlanadi;
— 18 nafari mahalliy NNTlar orasidan tanlab olinadi;
— 14 nafari hududiy jamoatçilik palatalari vakillari.

Hududiy jamoatçilik palatasi jamoatçilik asosida işlaydigan 21 nafar aʼzodan iborat böladi. Ular hududlarda faoliyat olib borayotgan NNTlar, ilmiy doiralar, OAVlar va keng jamoatçilik vakillaridan şakllantiriladi.

Aʼzolarning vakolat muddati — 3 yil.

❌ Farmon bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş böyiça maslahat kengaşi va Fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş markazi faoliyati tugatiladi.

🔄 “Mening fikrim” veb-portali Jamoatçilik palatasi tasarrufiga ötkaziladi.

Jamoatçilik palatasi:
◾️ Fuqarolik jamiyatining holati va rivojlaniş tendensiyalari töğrisida yillik milliy maʼruzalar tayyorlaydi;
◾️ Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiriş
hamda tuzatişlar kiritiş töğrisidagi takliflar beradi;
◾️ Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatçilikda alohida qiziqiş uyğotadigan öta muhim va dolzarb masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini körib çiqadi;
◾️ Davlat organlariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boşqa muhim masalalar yuzasidan tuşuntiriş beriş talabini yuboriş huquqiga ega.

💼 Jamoatçilik palatasi Raisi maqomiga köra vazirga, uning 3 ta örinbosari esa vazir örinbosarlariga tenglaştiriladi.

Jami ştat birligi – 115 nafar.

Jamoatçilik palatasi apparati Toşkent şahar, Şayxontohur tumani, Furqat köçasi, 1A-uy manzilida joylaşadi.

@uzbyuksalish

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek