Test natijalarini eʼlon qilişdagi xatolik tuzatildi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganTest natijalarini eʼlon qilişdagi xatolik tuzatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda test natijalari xato hisoblangan yoki test sinovlarida nohaqlikka yöl qöyilgan degan mazmundagi postlar va videomurojaatlar eʼlon qilinmoqda.
Xususan, maxsus taşkil qilingan @abituriyentguruh guruhida ham köplab abituriyentlar bu haqda öz şikoyatlarini qoldirişdi.
Mazkur holat Davlat test markazi tomonidan örganib çiqildi.
“Holat böyiça şuni maʼlum qilamizki, 11-sentabr kuni eʼlon qilingan test sinovlari natijalarini eʼlon qilişda texnik xatolikka yöl qöyilgan. Xatolik ijtimoiy tarmoqlarda yozilgani kabi test natijalarini hisoblaşda emas, ularni eʼlon qilişda kuzatilgan”, - deyiladi DTM axborotida.
Test natijalaridagi texnik xatolik Navoiy va Qaşqadaryo viloyatlari hamda Qöqon şahrida 10-sentabr kuni 1-smenada ötkazilgan test sinovlarida iştirok etgan ayrim abituriyentlarda yuzaga kelgan. Mazkur holat aniqlanişi bilan xatolikni tuzatiş işlari boşlab yuborilgan.
❗️Hozirda mazkur texnik xatolik tuzatilib, test natijalari xato eʼlon qilingan abituriyentlarning natijalari yangilandi.
Mazkur abituriyentlar şaxsiy kabinetlari orqali yangilangan test natijalarini qayta körişlari mumkin.
Davlat test markazi yöl qöyilgan xatolik uçun abituriyentlardan va ularning ota-onalaridan uzr söragan hamda test sinovlarini şaffof va adolatli ötişiga hissa qöşayotgan blogerlar va ommaviy axborot vositalariga yana bir bor minnatdorçilik bildirgan.
Şu kabi muammolar yoki holatlar haqida @abituriyentguruh guruhida qoldirişingiz mumkin, biz imkon qadar ularni tegişli mutasaddilarga yetkazişga harakat qilamiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

