TDYUUga qabul jarayonida texnik xatoliklar kuzatilmoqda
DTM diqqatiga!
#abituriyent
Qabul jarayonlarida Toşkent davlat yuridik universiteti bilan boğliq muammo kuzatilmoqda ekan. Maʼlum qilişlariça, DTM bazasida TDYUUga kiriş ballari ketma-ketligi haligaça ötgan yilgida qolib ketgan. Natijada abituriyentlarning röyxatdan ötganlik qayd varağiga tarix (3,1), ona tili (2,1), çet tili (1,1) tarzda yozuv kiritilmoqda.
Bundan ham qiziği, TDYUUga topşirgan abituriyentlar ham 3 ta OTMga topşirib ketişmoqda. Masalan, ilova qilinayotgan suratdan köriş mumkinki, abituriyent TDYUU bilan birga Pedagogika va Şarqşunoslikka topşirgan.
Fanlar ketma-ketligini tanlaşga möljallangan DTM saytidagi maxsus sahifada - mvdir.dtm.uz ham TDYUU bloki eski yildagidek turibdi.
Taʼlimga masʼullardan iltimos, fanlar ketma-ketligini yana bir bor qayta körib çiqiş kerak, bu kabi xatolar xalq orasida tuşunmovçilik va noroziliklarni keltirib çiqarişi mumkin.
P.S.: joriy yilgi testlar uçun barça fan bloklari tasdiqlandimi? Yoki davlat qabul komissiyasining qarorinini kutib turişibdimi?
👉 @xushnudbek 👈
