TDIUda Zakovat intellektual turniri boʻlib oʻtdi
Manba:Zakovat intellektual klubi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashkil etilganining 90 yillik yubileyi munosabati bilan joriy yilning 25-noyabr kuni Universitet binosida “Zakovat” intellektual turniri bo’lib oʻtdi.
Unda 21 ta OTM jamoalari bahs olib bordi.
Murosaziz kechgan bahslar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇1-oʻrin: O’zbekiston milliy universitetining “Tafakkur” jamoasi;
🥈2-oʻrin: Toshkent davlat yuridik universitetining "Public law" jamoasi;
🥉3-oʻrin: Toshkent kimyo texnologiyalari institutining "Born to win" jamoasi.
Gʻolib jamoa 10 mln soʻm, ikkinchi oʻrindagi jamoa 7,5 mln soʻm va uchinchi oʻrinni olgan jamoa 5 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
👉 @zakovat 👈
- 👍 4


