Tanzila Narbayeva jurnalist va blogerlar bilan uchrashdi

Matn23-avgust, 2019, 15:462 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Senatdagi uçraşuv

Keça Senat raisi Tanzila Narbayeva bir guruh jurnalist va blogerlarni Senat binosiga çaqirib, ular bilan uçraşuv taşkil qildi. Uçraşuv döstona va samimiy ruhda ötdi.

Uçraşuvdan anglaşilgan asosiy jihatlar quyidagiça böldi:

• bundan buyon Senat har yarim yillikda amalga oşirilgan işlar töğrisida xalq oldida oçiq hisobot beriş tartibi yölga qöyiladi;

• kelgusida Senatning yalpi majlislarini jonli efirda translyatsiya qiliş rejalaştirilmoqda (bugun ilk marotaba ana şunday jonli efir böldi). Bu senatorlarning faoliyatini xalqqa yanada yaxşiroq taniştirişga katta yordam beradi;

• yil oxirida bölib ötadigan saylovlardan keyin yangi çaqiriqqa saylangan mahalliy kengaşlarning faoliyatini keskin özgartiriş, ularning faolligini oşiriş, şuningdek maʼlum bir ştatda haq tölanadigan mahalliy deputatlar korpusini şakllantiriş rejalaştirilmoqda;

• Senat özining yangi binosiga köçgandan keyin, jurnalist va blogerlarga iş faoliyatida kerak böladigan zamonaviy qurilmalarni, xususan mobil telefonni olib kiriş böyiça imkoniyatlar yaratiş rejalaştirilmoqda;

• uçraşuvda senatorlar qonunlarni yoqlab, qarşi bölib yoki betaraf qolib ovoz berganda ekranda şunçaki raqamlar emas, balki ism-şariflar böyiça natijalarni körsatiş taklif qilindi. Şunda senatorlarning öziga bölgan masʼuliyati ortişi taʼkidlandi. Senat raisi uşbu taklifni maʼqulladi, körib çiqişini bildirdi;

• senatning yangilangan talqindagi sayti yaratilmoqda ekan. Öşa saytda har bir senatorning şaxsiy sahifasini yaratib, unda senator tomonidan qilingan işlarni (yuborgan senatorlik sörovlari hamda murojaatlari, qaysi qonunlarni maʼqullab, qaysilariga qarşi bölgani va h.k.) aks ettiriş taklif qilindi. Şunda fuqarolar özining hududidan masʼul bölgan senatorning faoliyatiga baho bera oliş imkoniga ega böladi;

• uçraşuv yakunida Tanzila Kamalovna jurnalist va blogerlar uçun Senat tomonidan yangi tanlov eʼlon qilinganini maʼlum qildi. Senat faoliyatiga oid eng yaxşi materiallar saralanib, Konstitutsiya bayrami arafasida ğoliblar taqdirlanadi.

Tanlov eʼlon qilinişi ham qiziq böldi. Dastlab Tanzila Narbayeva tanlov nomini «Senat – xalq manfaatlari himoyaçisi» deb nomlasak, deya taklif qildi. Ammo bloger Eldar Asanov tanlovning bu nomi jurnalist va blogerlar Senatni faqat maqtaşi kerak, degan xulosani beradi, Senat faoliyati haqida tanqidiy materiallar ham yozilişi mumkinligini, şu sababli nomni özgartirişni taklif qildi. Senat raisi bu taşabbusni maʼqulladi, muhokamalardan söng, tanlov nomi «Senat xalq manfaatlarini qanday himoya qilmoqda?» deya taʼkid emas, söroq formasiga özgartirildi;

• şundan söng jurnalist va blogerlar Senat binosini aylanişdi, qömitalarning majlislarida iştirok etişdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek