Sirdaryoliklarga uy qurişda yordam beriş taklifi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganSirdaryoliklarga özgaça yordam beriş böyiça taklif berilmoqda. Siz bunga nima deysiz?
Hozir evakuatsiyaga olingan yurtdoşlarimizga butun xalq oyoqqa turib oziq-ovqat, kiyim-keçak va boşqa ijtimoiy yordamlarini yetkazib bermoqda.
Odamlardan şu darajada köp yordam kelayotganidan hattoki Toşkent şahar hokimligi yuborilayotgan yordam hajmi keragidan oşib ketganini va yordamlarni hozirça töxtatib turişni söradi.
«Ehtiyojdan ortiqça mahsulotlar töplanişi isrofgarçilikka sabab bölmoqda», deyiladi xabarlarda.
❗️Bu ham xalqimizning qay darajada saxovatpeşa va bağrikeng ekanligiga dalolat.
Demak, hozir sirdaryoliklar uçun oziq-ovqat va kiyim-keçakka ehtiyoji qolmagan. Ammo ularni oldidagi eng katta muammo bu juda köpçilik aholi uy-joysiz qolgani yoki hozirgi uylarda yaşaş ularning hayoti uçun xavfli ekanligi.
Demak, ularga yangi uy qurib beriş kerak. Davlat albatta aholini uy bilan taʼminlaşni öz zimmasiga olişi kerak.
Ammo mana şunday sinovli paytda, pandemiya şaroitida keng jamoatçilik ham uy qurişga yordam bersa, juda bir savobli iş bölar edi, menimça.
Şu örinda döstlarimiz Nodirxöja Yuldaşev hamda Abdurahmon Fozilovlar bir qiziq taklif bilan çiqişibdi. Yaʼni 1966-yilgi Toşkent zilzilasidan keyin poytaxtda turli şaharlar nomi bilan köp qavatli uylar qurilgan. Çunki öşa uyni nomi zikr etilgan şahar aholisi qurib bergan yoki yordamlaşgan.
Şundan kelib çiqib, Nodirxöja Yuldaşev quyidagiça taklif bermoqda:
«Nima uçun Sardobada, har bir viloyat öz hududlarini yaratmasinlar? Deylik 1000 nafarga yaqin aholi yaşaydigan hududni Toşkent obod qiladi, buyoğiga issiq kunlar kelyapti. Haşarga boramiz, kerak bölsa, laşkar tortib boramiz, agar rostdan ham Toşkent şu işga boş-qoş bölsa. Xuddi şunday bitta hududni Namangan, bittasini Farğona obod qilsa. Bitta tumanda 14ta hudud nomi bilan atalgan köçalar paydo böladi. Menimça çiroyli çiqadi. Har bir hudud özi barpo etgan xöjaligiga, öz viloyatini eslatib turadigan esdalik belgisini örnatadi. Farğona kanalini 40 kun içida qurgan özbek xalqi, bitta tumanni obod qilib yuborişiga şubha qilmasa ham böladi».
Bu taklifga Abdurahmon Fozilov ham qöşilgan holda, turli şubha va gumonlarga borilmasligi uçun, Toşkent şahar hokimligidan bitta hisob raqamini oçib berişlarini iltimos qilmoqda. Yaʼni turli şaxslarning nomiga hisob raqam oçilgandan köra, hokimliklar buni nazoratga olsa, işonçliroq bölar edi.
Şaxsan men ham uşbu taklifni töla qöllab-quvvatlayman. Agar Toşkent şahar hokimligi şu xayrli işga boş qöşsa, jon deb qölimdan kelgan barça yordamni berişga tayyorman.
Siz bu fikrga nima deysiz, aziz döstlar?
P.S.: suv omboriga eng yaqin hududlar hali beri öziga kelmasa kerak, deb öylayapman. U yerda yaqin orada uylar qurib bölarmikin? Şu sababli balki Guliston şahriga yaqinroq joyda yoki boşqa biror qulay hududda maxsus şaharça yaratilsa yaxşi bölardi, menimça.
👉 @xushnudbek 👈






