Şaxmatni rivojlantirişga oid Prezident qarori imzolandi
Şaxmatni yanada rivojlantirişga oid qaror imzolandi
Prezidentning tegişli qaroriga (PQ-4954, 14.01.2021y) asosan, Özbekistonda şaxmatni rivojlantirişni yangi bosqiçga olib çiqişning asosiy yönalişlari belgilandi.
Unga köra, 2025-yilga qadar şaxmat bilan muntazam şuğullanuvçilar sonini 3 foizga yetkaziş, davlat-xususiy şeriklik asosida 25 ta şaxmat maktablari va klublari faoliyatini yölga qöyiş, bolalar-ösmirlar sport maktablarida şaxmat bilan şuğullanayotgan bolalar qamrovini 10 500 ga yetkaziş, mamlakatimizning Xalqaro şaxmat federatsiyasidagi (FIDE) reyting körsatkiçlarini yaxşilaş va 2025-yilda birinçi 10 talikka kirişiga erişiş kabi vazifalar qöyilgan.
Şuningdek, 2021-yildan boşlab har yili:
👉 umumiy örta taʼlim maktablarida “Şaxmat oyligi” taşkil etiladi;
👉 maktab öquvçilari örtasida şaxmat böyiça jamoaviy “Şohruh” turniri taşkil etiladi;
👉 maktab öquvçilari va “Jismoniy tarbiya” fani öqituvçilari örtasida şaxmat böyiça respublika birinçiligi ötkaziladi;
👉 iyun–avgust oylari davomida mahalla bolalari örtasida “Mahalla kubogi” şaxmat musobaqalari taşkil etiladi;
👉 may–iyul oylari davomida mahalla oilalari örtasida “Şaxmatçi oila” turniri ötkaziladi;
👉 ikki marotaba vazirlik, idora va taşkilotlarda xodimlar örtasida “Şaxmat kunlari” ötkaziladi.
2021-yildan boşlab har yili anʼanaviy tarzda quyidagi turnirlar ötkaziladi:
➖Toşkent şahrida Prezident sovrini uçun xalqaro şaxmat turniri;
➖ Özbekistonlik birinçi xalqaro grossmeyster G.T. Agzamov xotirasiga bağişlangan xalqaro turnir;
➖ şaxmat böyiça XVII Jahon çempioni R.M. Qosimjonov xalqaro turniri;
➖ Samarqand şahrida “Sohibqiron kubogi” xalqaro şaxmat turniri;
➖ Xiva şahrida “Al-Beruniy” xalqaro şaxmat turniri;
➖ Buxoro, Termiz va Xiva şaharlarida “Turizm va şaxmat haftaligi”.
Qarorga köra, şaxmat maktablari va klublari faoliyatiga kömak beriş maqsadida Özbekiston şaxmat klublari assotsiatsiyasi taşkil etiladi.
Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farğona filialida şaxmat böyiça taʼlim yönalişi oçiladi.
Şuningdek, Şaxmatni ommaviylaştiriş va rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etildi.
Qarorning töliq matni ÖzAda eʼlon qilindi.
👉 http://uza.uz/posts/234487
Kanalga ulaniş:
➡️ @uzauz


