Şavkat Mirziyoyevning BMT Boş Assambleyasidagi takliflari
Manba:UzA | Tezkor xabarlar
Özbekiston Prezidentining nutqida nimalar taklif qilindi?
Prezident Şavkat Mirziyoyevning BMT Boş Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqining eng muhim qismlari:
👉 BMT şafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari töğrisidagi xalqaro kodeksni işlab çiqiş taklif etildi;
👉 Boş kotib Antoniu Guterriş janoblarining bugungi inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşning dolzarb muammolariga bağişlangan sammitni ötkaziş böyiça taklifi maʼqullandi;
👉 Yoşlar huquqlari töğrisidagi BMT konvensiyasini qabul qiliş böyiça Özbekiston taşabbusini qöllab-quvvatlaşga çaqirildi;
👉 Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erişiş va inson huquqlarini taʼminlaşda parlamentlar rolini oşiriş töğrisidagi BMT Boş Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qiliş taklif etildi;
👉 BMT şafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantiriş mintaqaviy markazini oçiş taklif etildi;
👉 Mintaqaviy qöşma rejaning 10 yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bağişlangan xalqaro konferensiyani ötkaziş taklif etildi;
👉 2021-yilda YUNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva şahrida “Markaziy Osiyo jahon tsivilizatsiyalari çorrahasida” degan mavzuda xalqaro forumni ötkazişga Özbekiston tayyorligi maʼlum qilindi;
👉 BMT huzurida afğon xalqining dardu taşvişini tinglaydigan, doimiy faoliyat körsatadigan qömita taşkil etiş taklif etildi;
👉 Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb eʼlon qiliş haqida BMT Boş Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qiliş taklif etildi. Şuningdek, uşbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qiliş va tiklaş kuni sifatida nişonlaş maqsadga muvofiq ekanligi taʼkidlandi;
👉 Qaşşoqlikni tugatiş va kambağallikka qarşi kuraşişni BMT Boş Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilaş hamda uşbu masalalarga bağişlangan global sammitni ötkaziş taklif etildi;
👉 Özbekiston jahonning barça mamlakatlari bilan keng kölamli va özaro manfaatli şeriklikni, BMT va uning institutlari bilan amaliy muloqotni rivojlantiriş uçun doimo tayyorligi maʼlum qilindi.
Kanalga ulaniş:
➡️ @uzauz

