Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatidagi kadrlar muammosi haqida

Foto22-dekabr, 2021, 16:131 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

«Men amalni beraman, lekin arqonni uzun taşlab qöyaman» — Şavkat Mirziyoyev

Olmaliq şahrida faollar bilan bölgan uçraşuvda Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatidagi kadrlar muammosi haqida gapirdi.

«Men nima uçun hokim yordamçilari degan tizimni joriy qildim, çunki özim uçun yaxşi kadrlar qidirib yuribman. Mana, bugun ham sizlar bilan suhbatda yangi kadrlar kaşf qildim.

Misol uçun, Andijon viloyatida 30 yilda hokimlar soni köp bölmagan. Lekin Toşkent viloyatiga majoziy maʼnoda aytganda 30 ta hokim kelib-ketdi. Nega? Çunki işni eplaydigan yaxşi kadrlar topiş qiyin. Biri korrupsiyaga yöl oçadi, boşqasi darrov ğöddayib, oyoği yerdan uziladi. Men amalni beraman, lekin arqonni uzun taşlab qöyaman.

Zoyir Mirzayevni bekorga olib kelmadim bu yerga. Qaşqadaryo ham oğir viloyatlardan biri edi, ammo epladi. Toşkent viloyatida muammolar köpligi uçun uni atayin bu yerga olib keldim», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

👉 @xushnudbek 👈

  • 🔥 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek