Senat yalpi majlisining jonli translyatsiyasi haqida
Manba:Qaydlarim
@davletovuz kanali orqali Senat yalpi majlisi töğridan-töğri namoyiş etilayotganidan xabar topdim. Agar bu Sizniyam qiziqtirsa, mana bu havolaga öting: https://youtu.be/WFGD8hytUkg
Avvalo, Senat raisi blogerlar bilan uçraşuvda bildirilgan taklifni inobatga olib, yalpi majlis jonli translyatsiya qilinayotgani tahsinga sazovor. Parlamentariy sohasining şaffoflaştiriş yölida katta qadam taşlandi. Buning uçun rahmat.
Ammo yalpi majlisni bir soatga yaqinroq vaqt davomida kuzatib bir narsani payqab qoldim. Senatorlarga savollar avvaldan tarqatib çiqilgandek. Balki adaşayotgandirman, köpçilik qoğoz yoki planşetdan öqib berayotgani ham şuni tasdiqlayapti. Bundan taşqari, berilayotgan savollar juda kitobiy, odatda odamlar özaro savol-javobda sodda jumlalardan foydalanadi. Ayrim senatorlar savolni öqib bermay öz tilida aytib bera olişdi))) Ammo ular sanoqli, Markaziy bank vakillariga savol bergan aksariyat senatorlar şuniyam eplaşolmayapti. Bu esa senatorlarning söz boyligi, nutq savodxonligi SENATOR maqomiga mos emasligini körsatadi.
Xullas, yalpi majlisning translyatsiyasi juda qiziq bölayapti. Garçi uni kuzatib borayotgan va fikr qoldirayotganlar zerikarli bölayotganini, nega Rasul Kuşerboyev sözga çiqmayotganini 🤣 (Kuşerboyev senator emas, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati) aytayotgan bölsa-da, diqqat bilan kuzatilsa, Senat va senatorlar haqida atrofliça tasavvurga ega böliş mumkin.
Hozirgina 20 minutlik tanaffus eʼlon qilindi. Yalpi majlis tanaffusdan söng davom etadi.

