Saylovlarni oktabr oyida ötkaziş taklif etilmoqda

Matn25-yanvar, 2021, 19:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Saylovlarni oktabr oyida ötkaziş haqida qonun loyihasi körib çiqilmoqda

Bugun Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar “Saylov qonunçiligi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini birinçi öqişda körib çiqdi.

Amaldagi qonunçilikka muvofiq, Prezidentlik saylovi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga hamda mahalliy vakillik organlariga saylovlar tegişinça ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkaziladi. Bu esa saylovlardan keyingi siyosiy tadbirlarni ötkaziş, jumladan, Davlat dasturini qabul qiliş va boşqa islohotlarning keçiktirilişiga sabab böladi, deya taʼkidlanibdi bugungi majlisda.

Şu bois, qonun loyihasiga köra, saylovlarni oktabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkaziş taklif etilmoqda.

❓Bizda bu qonunga oid ayrim savollar paydo böldi. Nima uçun qonun loyihasi jamoatçilikning oçiq muhokamasiga qöyilmasdan, Oliy Majlisga körib çiqiş uçun kiritilgan? Axir bu qonun Boş qomusimiz bölgan Özbekiston Konstitutsiyasiga özgariş kiritişni talab etadiku! Yana öşa eski holat takrorlanyapti şekilli. Biror joyda matni eʼlon qilinmagan va ommaviy muhokama bölmagan qonun bilan Konstitutsiyaga özgariş kiritişmoqçimi?

Yoki biror joyda qonun loyihasi matni eʼlon qilindiyu, men körmay qoldimmi? Unaqa bölsa, oldindan uzr sörayman. Faqat öşa oçiq eʼlon qilingan joyga manba berişsin, bir körib çiqaylik, agar sir bölmasa, albatta.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek