Sardoba voqeasida gidrometeorologik faktorlar tahlili
Xushnudbek.uzMatn3 daqiqa0tahrirlanganSardoba voqeasida gidrometeorologik faktorlar sababçi (mi?)
Feysbukda fizik materialşunos, fan nomzodi Rustam Aşurov "Sardoba" suv omborida bölgan voqeaga quyidagiça post qoldiribdi. Ularni siz bilan bölişgim keldi:
«Falokatda gidrometeorologik faktorlar taʼsirini örganiş uçun birinçi navbatda meteorologik monitoring natijalarida olingan maʼlumotlarga tayanamiz. Suv omboriga eng yaqin bölgan meteorologik stansiya bu — Yangiyer meteorologik kuzatuv stansiyasidir. U suv omboridan 27 km uzoqlikda joylaşgan.
30-aprel keçasi şamolning tezligi 12 m/s, 27-aprel keçasi (Voqeadan 3 sutka oldin) 17 m/s, voqea paytida şamol tezligi 2 m/s bölgan. Kuzatuvlar tarixida şamolning maksimal tezligi stansiyada 36 m/s bölgan. Bu 2 m/s yoki bir kun oldingi 12 m/s suv ombor yuzasida tölqinlar hosil qilişi uçun vaj bölmas. Mayli, bu u darajada katta şamol tezligi bölmasa-da, 3 sutka oldin tölqinlarni hosil qilgan holat suv ombori dambasi devorlariga 3 sutkadan söng taʼsir körsatadimi? Mantiq yöq.
Yomğir... Bir sutka oldin va keçasi yomğir haqiqat köp yoğgan. 45 mm. Bu 67,4 km² maydonga ega suv ombor yuzasiga bor yöği 2,7 mln m³ suv tuşganini anglatadi. Umumiy hajmi 900 mln m³ hajm suvni öziga siğdira oladigan suv ombor uçun bu qiymat (0,3%) qanday taʼsir etişi mumkin?
Sardoba suv ombori suv oliş siğimi 922 mln m³ bölib, suv ombor suv oliş manbasi kanal hisoblanadi. Kanaldagi suvni doim jilovlasa, boşqarsa böladi. Bu suv ombor soy yoki sel özani suvlaridan suv olmasligini inobatga olsak, qandaydir taşqi muhitdan suv oqimi(sel-suv toşqini) xavf tuğdirmaydi. Suv omborning maydoni 60,7 km²ni taşkil etadi.
Yangiyer meteorologik kuzatuv stansiyasining kuzatuv natijalarini keltirib ötamiz:
• 28-aprel stansiyada maksimal 17 m/s tezlikda şamol esgan. Yoğingarçilik kuzatilmagan;
• 29-aprel soat 08:00-dan 30-aprel soat 08:00-gaça kunduz va keçasi umumiy 45 mm yomğir yoğgan;
• 30-aprel soat 08:00-dan 1-may soat 08:00 oraliqda kunduz va keçasi yoğingarçilik kuzatilmagan. Şamol maksimal 8 m/s tezlikda esgan. Voqeadan oldin şamol tezligi 10 soat davomiylikda maksimal bor yöği 2 m/s bölgan.
Yangiyer kuzatuv stansiyasi maʼlumotlaridan taşqari internet orqali boşqa alternativ maʼlumotlarni ham topiş mumkin. Masalan, www.meteoblue.com. Uşbu sayt orqali voqea sodir bölgan yerdagi Gidrometeorologik maʼlumotlarni 26-aprel va 3-may oraliği uçun körib çiqamiz. Saytdagi maʼlumotlardan körişingiz mumkinki, 30-aprel kuni şamol tezligining maksimal qiymati 10 m/s soat 18:00 – 19:59 vaqt oraliğida kuzatilgan. Voqea sodir bölgan vaqtda şamol faktori öta xavfsiz bölgan.
Meteorologiya, umuman qişloq-xalq xöjaligi, sanoat-quriliş sohalarida şamolning maksimal tezligi soniyasiga 15 metrdan yuqorilasa, xavfli meteorologik hodisa sanaladi. Lekin, u darajada katta talofatlar yuzaga kelmaydi.
Bu kriteriya ixtiyoriy strategik obyektlar doim tayyor turişi kerak. Agarda, şamol tezligi soniyasiga 24 metrdan kuçaysa, aviatsiyada uçqiçlar parvozi vaqtinça bekor qilinadi. Şamol tezligi soniyasiga 30 metrdan yuqorilasa, öta xavfli meteorologik hodisa kuzatilib, bunda aniq qandaydir favqulodda holatlar yuzaga keladi.
Xulosa
1. Şamol tezligi kritik qiymatdan ança past bölgan. Şamol vaji işonçli emas;
2. 3 kun davomida yoğgan yomğir miqdori suv ombori hajmining 0.3 % miqdorini taşkil qiladi. Bu qiymat töğonga taʼsir qiladigan bosimni sezilarli ravişda oşirmasligi kerak. Çunki inşootlarda mustahkamlik zaxirasi (zapas proçnosti) degan tuşunça bor. Odatda mustahkamlik zahrasi inşoot möljallangan qiymatdan 50 % miqdorida köp qilib olinadi. Aytaylik biror kiçik köprikça 1000 tonna yuk kötarişga möljallansa, uni mustahkamlik zaxirasini hisobga olib, 1500 tonna yukka möljallab qurişadi. Şunday bölsa-da, 1000 tonna yuk uçun ekspluatatsiya qilişadi. Şu sababli, agar suv omborining töğoni qurilişida barça normalar bajarilgan bölsa, 0.3 % qöşimça bosim falokatga olib kelmasligi kerak».
Post tugadi.
❗️P.S.: uşbu fikrlar muallifning mustaqil izlanişlari bölib, rasmiy xarakterga ega emas. Hozirça birorta rasmiy taşkilot holat haqida batafsil maʼlumot bermadi. Rasmiy maʼlumot berilsa, uni ham eʼlon qilamiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1




