Ruslanbek Davletov TDYU professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov TDYUU professor-öqituvçilari bilan uçraşdi. Unda bildirilgan fikrlardan ayrimlarini keltiraman:
➖Odamlar çet elga borib pul tölab universitetga kiryapti, öqişga bormayapti ham, bir yildan keyin bizdagi nufuzli universitetga öqişni köçirib öqiyapti. Bu qança öqib, bir ball, yarim ball yetmay öqişga kira olmaganlarga nisbatan adolatsizlik-ku.
➖Ayrim talabalar domlalar bilan baho talaşib, uning ustidan yozib, şantaj qilib baho olib ketyapti. Unaqa bölmaslik kerak. Öqiş bunçalik oson bölmasligi kerak, unga kirgandan keyin mehnat qilib öqiş lozim. Talaba va domlalar munosabati uyğun va muvozanatli bölişi kerak. Talaba avvalo öqişi, keyin talab qilişi lozim.
➖Darsliklar tili murakkab, bir jumlasi yarim betlik. Talaba uni öqib tuşunmaydi, yodlaydi. Keyin tahlil qilmay, tötiquşdek qaytarib beradi. Bu taʼlim emas-da. Talaba asosiy bilimni darslikdan olişi kerak, maʼruzalar yönaltiruvçi böladi. Bizga yangi va yaxşi darsliklar kerak. Yuridik darsliklar böyiça inqiroz bor.
👉 @xushnudbek 👈



