Test jarayonlarini onlayn kuzatiş uçun portal işga tuşdi
Respublikadagi barça pavilyonlarda ötadigan test jarayonlarini onlayn kuzatiş uçun www.test2018.uz portali işga tuşdi! Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi xabar bermoqda.
👉 Imtihonlar bölib ötadigan bino va obyektlarni töliq qamrab oliş maqsadida, 1400 dona videokuzatuv kameralari örnatildi.
👉 Kameralarning aylanma harakatini taʼminlaş uçun 29 ta maxsus pult boşqaruvi joriy qilindi.
👉 Maʼlumotlarni saqlaş uçun 1800 terrabayt hajmdagi maxsus server işga tuşirildi.
👉 Imtihonga kiriş jarayonida har bir abituriyent şaxsi maʼlumotlar bazasining markaziy serveriga ulangan, qiyofani aniqlaydigan maxsus kamera orqali tekşiruvdan ötkaziladi.
👉 Imtihonlar ötkazilayotgan obyektlar yaqinidagi maxsus kutiş hududlarida ota-onalar, abituriyentlarning yaqinlari yirik ekranlarda imtihon jarayonlarini töğridan-töğri kuzatişi mumkin.
👉 Qabul imtihonlarini UZDIGITAL TV telekanallar tarmoği orqali jonli efirda köriş uçun texnik imkoniyat ham yaratib beriladi.
Kanalga ulaniş: 👇
@xushnudbek
