Reklama töğrisidagi qonun loyihasi matbuotga zarar yetkazadi

Matn29-may, 2021, 22:522 daqiqa0 koʻrish

Manba:Komil Allamjonov

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari birinçi öqişda matbuotga jiddiy moliyaviy zarar keltirişi mumkin bölgan «Reklama töğrisida»gi qonun loyihasini qabul qilibdi.

Eng qiziği, bizdan ham bu borada taklif söraşgan edi. Lekin tuşunişimizça, Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi bizning takliflarni kiritmagan yoki yana boşqa sabab bor. Hozirça bizga bu qoronğu. Vaholanki, Boş vazirimiz boşçiligida ötkazilgan yiğilişda uşbu masala muhokama qilinib, matbuot sohasidagi qonun loyihasi, albatta, matbuotçilar bilan kelişilgan holda, ularni “öldiriş” emas, balki moliyaviy rivojlanişiga omil böladigan körinişda kiritilişi kerakligi taʼkidlangan edi.

Bundan taşqari, deputatlarimiz nima xujjat kirsa ham tugmani bosib ötirmasdan uni qabul qilişdan oldin, sal masʼuliyatni his qilib, öşa qonunlar oqibatini ham öylasalar yaxşi bölardi. Tuppa-tuzuk işlab turgan tizimni buzişni kimga keragi bor? Uşbu hujjat 98,4% ovoz bilan birinçi öqişda qabul qilinibdi. Bu degani deyarli heç kim qarşi bölmagan bu çeklovlarga. Maqsadingiz tuşunarsiz.

Mana personallaştiriş haqida qabul qilgan qonuningiz ham umuman işlamayapti. Unga asosan hozirda barça gigant IT-kompaniyalar va ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Google Facebook, Instagram, TikTok, YouTube va Yandex dengi kabi bank tölov tizimlari kabilar öz serverlarini respublikamiz xududiga örnatişlari aks xolda jarimaga tortilişi va işlay olmasligi kerak. Vaholanki, Facebook, Google va boşka ijtimoiy tarmoq va platformalar nafaqat jarima, balki vazirliklar söroviga javob ham bermayapti. Şartimizga gigantlar könmasa ertaga nima böladi? Yana öçirib qöyamizmi? Balki Şimoliy Koreyaga xavas qilayotgandirsiz?Albatta, bu boşqa masala.

Hurmatli deputatlar, agar mahalliy matbuot ölsa, ertaga, hatto, öz saylov kampaniyangizni ham çet el matbuoti orqali yalinib, yolvorib amalga oşirişingizga töğri kelib qolişi mumkin. Undan taşqari, özi şundoq ham oson bölmagan kunlarni boşidan ötkazayotgan davlat byudjetiga ham sezilarli zarar keltiradi bu hujjat.

Xususiy telekanallar budjet puliga emas, faqatgina reklama orqali kun köradi va rivojlanadi. Agar reklamaga öylab, öylamay tösiqlar qöyilsa, yana hamma kabel telekanallari, Rossiya va xorij kanallarini körişga ötadi, ular ğoyasi bilan boqiladi. Yoki şumi maqsad?

Mass-media fondi uşbu qonun loyihasiga mutlaqo qarşi. Biz barça matbuotçilar nomidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi hamda Senatdan jurnalistlarni qöllab-quvvatlaş, uning rivojiga ğov böladigan, uni moliyaviy jihatdan “öldiradigan” qonunlar qabul qiliş va maʼqullaşning oldini olişni sörab qolamiz.

#matbuotölibmatbuotsizqolgurlar

#birinçizarbadabellarigaça

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek