Qozoğistondagi muhim siyosiy özgarişlar va yangi tayinlovlar
Qozoğistonda bugun bölgan voqealar:
👉 Qozoğiston Senati raisi Qosim-Jomart Toqayev qasamyod keltirdi va mamlakat prezidenti lavozimiga kirişdi;
👉 Qosim-Jomart Toqayev qasamyod qabul qilgandan söng, Qozoğiston poytaxti Ostona şahrining nomini mamlakatning Birinçi Prezidenti Nursulton Nazarboyev şarafiga «Nursulton» deb özgartirişni taklif qildi;
👉 Parlament hamda siyosiy partiya rahbarlari allaqaçon bu taklifni maʼqullab bölişdi va ular uşbu taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan qöllab-quvvatlanişiga işonişmoqda. Demak, 99,9% ehtimol bilan endilikda Qozoğiston poytaxti Nursulton şahri böladi;
👉 Vaqtinça prezidentlik lavozimiga kirişgan Qosim-Jomart Toqayevning örniga Nursulton Nazarboyevning qizi Dariğa Nazarboyeva bugunning özida Senat spikeri (raisi) sifatida saylandi. Demak, mabodo - Xudo körsatmasin - Qozoğistonning hozirgi vaqtinçalik yoxud kelgusida saylanadigan doimiy prezidentiga biror kor-hol bölsa, yaʼni vakolati muddatidan oldin tugatilsa, unda Dariğa Nazarboyeva mamlakat prezidenti sifatida faoliyat olib boradi (agar 2 oy içida ötadigan saylovlarda özi ğolib bölmasa, albatta).
Xullas, qöşnilarimizda şunaqa gaplar bölyapti. Voqealar rivojini kuzatib boramiz. Çunki yon qöşning, jon qöşning deb qöyişibdi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


