Navröz munosabati bilan 44 nafar mahkum afv etildi
Navröz munosabati bilan afv eʼlon qilindi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Navröz bayrami munosabati bilan 44 nafar mahkumga nisbatan afv eʼlon qiliş haqidagi Farmonga imzo çekdi. Bu haqida «Özbekiston 24» telekanalida maʼlum qilindi.
Farmonga binoan, 7 nafar şaxsning jazosi töliq bekor qilindi, 11 nafari jazoni ötaşdan şartli ravişda ozod etildi, 12 nafar şaxsning jazosi yengiliga almaştirildi, 13 nafar şaxsning jazo muddati qisqartirildi, 1 nafar şaxs esa qöşimça jazo çorasidan ozod etildi.
Afv töğrisidagi Farmon natijasida ozodlikdan mahrum etilgan 30 nafar mahkumlar öz oilalari bağriga qaytdi.
Afv etilganlarning 23 nafari taqiqlangan taşkilotlardagi faoliyati uçun javobgarlikka tortilgan edi.
Afv etilganlarning 2 nafari 60 yoşdan oşgan şaxslar, 5 nafari ayollar.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

