Mustaqillik kuni munosabati bilan afv eʼlon qilindi
⚡️Mustaqillik kuni munosabati bilan afv eʼlon qilindi
Şavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida «Ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida»gi Farmonni imzoladi. Bu haqda ÖzA (@uzauz) xabar bermoqda.
Farmonga muvofiq, Özbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uçun jazoni ijro etiş muassasalarida jazo ötayotgan hamda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan 113 nafar fuqarolar afv etildi.
Afv etilgan şaxslarning 5 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 53 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi, 15 nafarining ozodlikdan mahrum etiş jazosi yengilroq jazo bilan almaştirildi. Şuningdek, 40 nafar şaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 1 nafarini 60 yoşdan oşgan erkak, 2 nafarini çet davlat fuqarolari, 105 nafarini taqiqlangan taşkilotlar iştirokçilari taşkil etadi.
👉 @xushnudbek 👈


