Özbekistonda 215 nafar mahkum afv etildi

Matn28-avgust, 2021, 12:181 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

215 kişi afv etildi

Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan Şavkat Mirziyoyev sodir etgan jinoyati uçun jazo muddatini ötayotgan hamda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan 215 nafar şaxslarni afv etiş töğrisida Farmonni imzoladi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Afv etilgan şaxslarning 3 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 127 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi, 12 nafarining ozodlikdan mahrum etiş jazosi yengilroq jazo bilan almaştirildi.

Şuningdek, 73 nafar şaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 14 nafarini ayollar, 12 nafarini 60 yoşdan oşgan erkak, 69 nafarini çet davlat fuqarolari, 15 nafarini taqiqlangan taşkilotlar iştirokçilari taşkil etadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek