Prezidentning ayollar römoli haqidagi fikrlariga munosabat
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganŞoh va mot!
Oxirgi kunlardagi eng kulminatsion videoda bir neçta signallar bor:
1. Boksçimiz Mirzaxalilov Mirazizbek farğonalik, uning onalari römolda sözga çiqdi. Bu ham katta majoziy maʼnoga ega;
2. Prezidentning “ijtimoiy tarmoqlarda köp masalalar kötarilyapti” degan gapi, uning jamiyatda bölayotgan voqealardan xabardorligiga işora böldi. Yaʼni Prezidentga ijtimoiy tarmoqlarning eng qaynoq muhokamalarini yetkazib turuvçi jamoa juda yaxşi va tezkor işlamoqda;
3. Prezidentning mazkur 40 soniyalik nutqi jamiyatdagi ikkilanişlarga nuqta qöydi. “Qanday yaraşadi özbekona römollar, qanday yaraşadi özbekona kiyinişlarimiz” degan gap kelgusida ayollarning römol öraşiga qarşi çiqadiganlarning barçasiga moratoriy sifatida yangradi;
4. Aslida barçasi qonunlarda mustahkamlangan, heç kim ayollarning römolini yeçtirişga haqli emas. Ammo bizning jamiyatda ijroçilar qoğozdagi qonunlardan köra siyosiy irodaga qarab iş tutişi barçamizga maʼlumku. Mana şunday jamiyatda Prezidentning bugungi qisqa nutqi amaliy jihatdan juda katta qiymatga egaligini tasavvur qiliş qiyin emas. Endi kimning ham haddi siğardi römolga tegişga?!
Xullas, yuqoridagi videoni körib, juda xursand böldim. Iç-içimdan quvondim. Negaligini yaxşi tuşuntirib bera olmagandirman, lekin xursandman.
👉 @xushnudbek 👈


